Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 48-bandiga asosan Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishida maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov (170 000 so‘m) undiriladi.
Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etmagan talabgorlarga to‘lov qaytarilmaydi.
Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun to‘lov 2024 yil 3 iyun kunigacha qabul qilinadi.
To‘lov bo‘yicha invoys nomzodning shaxsiy kabinetida shaklantirilgan (to‘lovni amalga oshirilishi lozimligi haqida sms yuborilgan).
Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirmagan nomzodlar ro‘yxati (03.06.2024y., soat 11:20 holatiga, invoys raqami ko‘rsatilgan):
Harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq;
Harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq.
DIQQAT! Bugun, ya’ni 3 iyun – nomzodlar tegishli to‘lovni amalga oshiradigan oxirgi kun.
Imtihon o‘tkazish vaqti va manzillari haqida to‘liq ma’lumotni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (www.uzbmb.uz) maxsus elektron platformasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.
1-ilova: Harbiylashtirilgan
2-ilova: Harbiylashtirilmagan