Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga nomzodlar diqqatiga

Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga nomzodlar diqqatiga

 

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (Nizom) asosan dastlabki tanlovdan o‘tib, quyidagi nomzodlar maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirganlar:

harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq;

harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq.

Maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovida ishtirok etmagan talabgorlarga to‘lov qaytarilmaydi.

Nomzod maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant)da ishtirok etish uchun tanlangan tanlov o‘tkazish hududdagi ilovadagi manzilga 2024 yil 9 iyun soat 09:00ga qadar pasport yoki ID-karta bilan (shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar (sinov o‘tadigan auditoriya, joy) bilan tanishgan holda) yetib kelishi lozim.

Imtihon o‘tkazish vaqti va manzillari  haqida to‘liq ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yilning 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi (“Yurisprudensiya” va “Chet tili”), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashi lozim.

Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.