“Ilm-fan va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar

“Ilm-fan va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari hamda prokuratura organlari xodimlari uchun “Ilm-fan va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, viloyat prokuraturasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti vakillari ishtirok etdi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari yuzasidan Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari yu.f.d., prof. M.Mamasiddiqov ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi ishtirokchilarni Akademiya magistraturasi hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olish imkoniyatlari, ilmiy faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlari, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish tartibi va shartlari, ilm-fan va huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va uning nazariy asoslarini kuchaytirish yo‘lida hamkor tashkilotlar bilan ilmiy faoliyat yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ilm-fan yo‘nalishida “O‘zbekiston–2030” stretegiyasi mazmun-mohiyati yuzasidan xabardorligini oshirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan chop etilgan nashrlar universitet kutubxonasiga sovg‘a qilindi.