Bosh prokuratura Akademiyasida yangi muhokamalar klubining birinchi uchrashuvi

Bosh prokuratura Akademiyasida yangi muhokamalar klubining birinchi uchrashuvi

Bosh prokuratura Akademiyasi ilmiy asoslangan xulosalar va qonunchilikni takomillashtirish hamda yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish borasida tavsiyalarni ishlab chiqishda faol ish olib bormoqda.

2018 yil 10 oktyabrda Akademiyada jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag'ishlangan muhokamalar klubining birinchi uchrashuvi o'tkazildi.

Tashkil etilgan klub huquq va huquqni qo'llash amaliyotidagi eng dolzarb muammolarini muhokama qilish, yechimlarni ishlab chiqish uchun turli sohalardagi mutaxassislarni birlashtirishga mo'ljallangan.

Tadbirda Akademiya vakillari, "Mintaqaviy muloqot" xalqaro nodavlat tashkiloti eksperti G.Uedll (AQSH), shuningdek, videokonferentsiya vositalari orqali Lund Universitetining (Shvetsiya) huquq sotsiologiyasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ekspertlari R.Urinboev va P.Olssonlar ishtirok etdilar.

Norasmiy sharoitda yig'ilish ishtirokchilari samarali tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, faol jamoatchilik ishtiroki orqali jinoyatchilikni qisqartirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, bu sohada Amerika Qo'shma Shtatlari va Shvetsiya tajribasi bilan tanishdilar.

Uchrashuv qatnashchilari o'rganilayotgan sohalarda keng ko'lamli tavsiyalarni ishlab chiqish uchun bunday uchrashuvlarning muhimligini ta'kidladilar.

Akademiya muhokamalar klubining navbatdagi uchrashuvi 2018 yilning 26 oktyabriga rejalashtirilgan.