Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan!

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan!

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi ommaviy axborot vositalarining ijodkor va fidoiy xodimlarini 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Ommaviy axborot vositalari so‘nggi yillarda yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi islohotlar samarasini belgilab beruvchi muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini shubhasiz.

Jamiyatimizda qonun ustuvorligi va adolat tantanasini ta’minlash, huquqiy madaniyat va huquqiy bilimlarni mustahkamlash yo‘lida siz, azizlar bilan hamkorligimiz biz uchun muhim va qadrlidir.

Akademiya jamoasi yurtimizdagi barcha fidoyi, xolis, el-yurt taqdiriga daxldorlik hissi kuchli bo‘lgan ijodkorlar uchun doimo ochiq.

Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bora qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, xonadonlaringizga baxt-saodat va fayzu baraka tilaymiz.