Akadеmiya magistraturasiga qabul davom etmoqda

Akadеmiya magistraturasiga qabul davom etmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasining “Prokurorlik faoliyati” (kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida), “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qabul davom etmoqda.

Magistraturaga tanlovda quyidagi shaxslar ishtirok etish mumkin:

- tayanch oliy (bakalavr) yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar;

- boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari.

O‘qish ta’limning kunduzgi shaklida bir yil, sirtqi shaklida esa bir yarim yildan ikki yilgacha davom etadi.

Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.

Hujjatlar 31 iyulga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “mydtm.uz” elektron platformasi (www.my.uzbmb.uz) orqali taqdim etiladi.

Tanlov nomzodning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida amalga oshiriladi, qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Chet tilidan sertifikatga ega bo‘lmagan ichki nomzodlar uchun Agentlik tomonidan avgust oyida test o‘tkaziladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532.

Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

www.facebook.com/ProsecutorAcademy ,

www.instagram.com/proacademyuz/,

www.twitter.com/ProAcademyUz ,

www.youtube.com/@user-bh7zw2wp9o

https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71-202-04-96 (ichki: 1716 va 1795) telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.