Muvofiqlashtirish yig'ilishida hamkorlar ishtiroki

Muvofiqlashtirish yig'ilishida hamkorlar ishtiroki

2018 yil 9 oktyabrda Bosh prokuror o'rinbosari E.T.Yuldashev va Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari BMTning O'zbekiston Respublikasining 2016-2020 yillarda taraqqiyotiga ko'maklashish dasturi (YUNDAF) hamda O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi asosida sa'y-harakatlarni birlashtirish doirasida o'tkazilgan muvofiqlashtirish yig'ilishida ishtirok etdilar.

Uchrashuvda BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori, BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili X.Frayzer va Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi K.Allan,  AQSH, Fransiya va Shveytsariya elchixonalari vakillari, xalqaro tashkilotlar va O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan moliya institutlarining vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar «Samarali boshqaruv» yo'nalishida BMTning O'zbekiston Respublikasining taraqqiyotiga ko'maklashish dasturini samarali amalga oshirish doirasida halqaro aloqalar natijalari va istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.