Magistratura tinglovchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi

Magistratura tinglovchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari magistrantlari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi magistratura ta’lim dasturining majburiy qismi hisoblanib, bunda tinglovchilar tomonidan tayyorlangan magistrlik  dissertatsiyalari himoyasi nazarda tutiladi.

Joriy yilning 15-19 iyul kunlari o‘tkazilgan Yakuniy davlat attestatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori¸ yu.f.d. dots.nt M.Turg‘unov raislik qildi. Shuningdek, Bosh prokuraturaning tajribali amaliyotchi xodimlari, Akademiya va boshqa hamkor oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari jalb etildi.

Tinglovchilar o‘quv yili davomida o‘zlashtirgan bilimlari hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli vaziyatlar asosida tayyorlagan magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonida soha mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga chuqur tahlillarga asoslangan javob berdilar.