Joriy yilning 20 iyul kuni, "Tashkent Ploggers" jamoasining bir yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ekomarafonda Akademiya jamoasi faol ishtirok etdi. Mazkur ekomarafon 4,2 km masofani o‘z ichiga olib, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari orqali o‘tdi. Marafon davomida ishtirokchilar Anhor kanali bo‘ylab chiqindilarni yig‘dilar va shu orqali shahrimiz tozaligiga hissa qo‘shdilar.
Tadbirda 10 ga yaqin jamoalar qatnashib, Akademiya jamoasi o‘zining faoliyati va jamoaviy hamkorligi orqali g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu natija jamoaning ekologik tadbirlardagi faoliyati va mas’uliyatini yana bir bor namoyon qildi.
Marafondan so‘ng Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari U.Nigmadjanov "Radio tube Tashkent" podkastida ishtirok etdi. Ushbu podkastda u Akademiyada ekologiya va ona tabiatga qilinayotgan e’tibor hamda plogging bo‘yicha 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida o‘rtoqlashdi. U.Nigmadjanov, Akademiya jamoasining ekologik tadbirlarda faol ishtirok etishi, ularning kelajakda ham shunday tadbirlarda qatnashishi va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni davom ettirishlari haqida ta’kidlab o‘tdi.
Akademiya jamoasining bugungi ekomarffondagi ishtiroki nafaqat jamoaning ekologik tadbirlardagi faoliyatini namoyon qildi, balki ularning jamoaviy hamkorligi va tabiatga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor isbotladi. Bu kabi tadbirlar kelajak avlodlarga sog‘lom va toza muhit qoldirish uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘z navbatida, Akademiya jamoasi kelgusida ham shunday tadbirlarda faol ishtirok etishga va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni davom etadi.