O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi

 

Joriy yilning 23-26 iyul  kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh   prokuraturasi delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasiga xizmat safarida bo‘ldi.

Delegatsiya “Sudga qadar tergovni tashkil qilishning ayrim masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi.

Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, Moliyaviy monitoring agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari ko‘mitasi va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasining vakili B.Baxrombekov “Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha tergovning o‘ziga xos jihatlari: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti markazi, Qozog‘iston Milliy muzeyi, Nur-Alem sferasi hamda Nur-Sulton shahridagi markaziy masjidga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif delegatsiya vakillarining qonunchilik sohasida tajriba almashish, madaniy hamda ilmiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.