Akademiyada 2024/2025 o‘quv yilidan e’tiboran ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)" yo‘nalishini sirtqi ta’lim shakli o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish 10 avgust kuni yakunlanadi (https://my.edu.uz havolasi orqali).
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari test sinovlari shaklida “Huquqshunoslik fani” bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (170 000 so‘m to‘liq) to‘lov undiriladi (to‘lovni amalga oshirganda komissiyani inobatga olish kerak).
To‘lovni 400910860262667094100010001 hisob raqamga abituriyenti F.I.Sh. (HMQA ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga) ko‘rsatgan holda o‘tkazish lozim.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bakalavriatning “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishini sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
www.facebook.com/ProsecutorAcademy
www.instagram.com/proacademyuz/
https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.
Shuningdek, mavjud savollarga javob berish uchun telegram guruh ochilgan: https://t.me/+nH-ESrp0YPwyZGQy.