Tyutor mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qilinadi

Tyutor mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qilinadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifar bo‘limiga tyutor mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish).

Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

Tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga tyutor mutaxassissi jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Tyutor quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

Talabalarning ma’naviy, axloqiy va kasbiy tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanish.

O‘z mahorati, kasbiy tayyorgarligi, nazariy bilim va ish tajribasini doimiy ravishda oshirib borish.

Talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini, obro‘sini hurmat qilish.

Talabalarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olish, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish.

Tyutorlik guruhlaridagi talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etish.

Talabalar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik, uchinchi tarafga bermaslik.

Talabalarning o‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilib borish.

Talabalarning o‘zlashtirishi va darslarda ishtirok etishini muntazam nazorat qilib borish hamda tahlil etish.

O‘ziga biriktirilgan yotoqxonada, ijara, yaqin qarindoshi va o‘z uyida yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam (har ikki oyda kamida bir marotaba) borib, u yerdagi sharoitlarni o‘rganib borish va ularni yaxshilash choralarini ko‘rish.

O‘ziga biriktirilgan guruhlardagi talabalar (guruhlarda va yakka tartibda, guruhlarda har haftada kamida bir marta) bilan reja-jadval asosida ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarda (har bir talaba bilan oyiga kamida ikki marotaba) suhbatlar o‘tkazib borish, talabalarning ota-onalari bilan muntazam ravishda muloqotlar tashkil etish.

Guruhlarda dars jadvali asosida har haftada bir marta “Axborot va murabbiylik soati”, “Soft skills” treninglari o‘tilishini tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlash.

Tyutorlik guruhlaridagi talabalarning individual yig‘ma jildini (portfoliosi) shakllantirish va yuritish, “Tyutorlik soatlari” darsi va ish rejasidagi tadbirlarni qayd qilish jurnalini yuritib borish.

Talabalarning odobi, xulqi, Ichki tartib qoidalarga rioya etishi yuzasidan ota-onalar bilan muntazam uchrashib tegishli ma’lumotlarni yetkazish.

Talabalar va ularning ota-onalarini yoki boshqa qonuniy vakillarini Ichki tartib qoidalari, Akdemiya Yotoqxonasi ichki tartib qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar bilan tanishtirish.

Talabalar bilan bog‘liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan Akademiya rahbariyatiga axborot berish.

Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning hamda diniy ekstremizmning oldini olish bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida muntazam tushuntirish ishlarini olib borish.

Alkogol, tamaki va psixotrop vositalar iste’mol qilishning zararli oqibatlari xususida doimiy profilaktik ishlarni tashkil etish.

Moddiy yordamga muhtoj talabalarni aniqlash, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Rahbariyatga taklif kiritish.

Talabalarning Ichki tartib qoidalari va boshqa ichki (lokal) hujjatlarda belgilangan talablarga mos ravishda bo‘lishlarini nazorat qilish va ushbu hujjatlarni buzgan talabalarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga bildirgi kiritish.

O‘zi mas’ul etib belgilangan talabalar klubi va to‘garaklar ishini tashkil etish, ularga talabalar a’zoligini maksimal darajada ta’minlash va talabalarning ushbu to‘garaklar faoliyatidagi ishtiroki monitoringini yuritish.

Tyutor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari, Akademiya lokal hujjatlari hamda shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Tyutorlar oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi).

25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi.

pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi.

qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi.

namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Tyutorlikka ishga qabul qilish Akademiya ichki lokal hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Akademiya rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Bajariladigan ish muddati: mazkur ish muddati 10 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati – 19.08.2024 yilga qadar.

Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani Rixsili 9.

Tel.: 97-463-77-87.