Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga imtihonlar o‘tkaziladi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga imtihonlar o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2024/2025 o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilishi ma’lum qilinadi:

“Tergov faoliyati” – barcha nomzodlar uchun chet tili, psixologik test va yozma imtihon;

“Prokurorlik faoliyati” – ichki nomzodlar uchun chet tili;

“Prokurorlik faoliyati” (sirtqi, kechki) – ichki nomzodlar uchun chet tili;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” – ichki nomzodlar uchun chet tili;

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” – ichki nomzodlar uchun chet tili.

Barcha mutaxassisliklar bo‘yicha imtihonlar 2024 yil 16 avgust kuni soat 08:00 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasi 2-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston milliy unversiteti sport majmuasi binosida boshlanadi.

Shu munosabat bilan barcha nomzodlar ko‘rsatilgan manzilda soat 07:00 dan kechikmay shaxsni tasdiqlovchi hujjatning (pasport yoki ID-karta) asli bilan hozir bo‘lishlari so‘raladi.