Hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi

Hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi

Bosh prokuratura Akademiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti o'rtasida hamkorlik Memorandumini imzolashga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari va tinglovchilari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari ishtirok etdi.

Tomonlar norma ijodkorligini takomillashtirish, qonunchilik muammolari va huquqni qo'llashning dolzarb masalalari bo'yicha tadqiqotlarni amalga oshirish, birgalikda davra suhbatlari, jamoatchilik muhokamalari, ijtimoiy so'rovnomalar va boshqa shakllarda tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Qonun chiqaruvchi hamda prokuratura organlarining ilmiy-tadqiqot muassasalari o'rtasida hamkorlikning o'rnatilishi qonunlarning yanada ta'sirchan va samarador bo'lishiga xizmat qiladi.