O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishida sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, testda ishtirok etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lovni amalga oshirgan nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari test sinovlari shaklida Huquqshunoslik fani bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovlari 2024 yil 22 avgust kuni ikki smenada tashkil etiladi: 1-smena soat 07:00 da, 2-smena soat 13:00 da boshlanadi.
Ro‘yxatdagi nomzodlar testda ishtirok etish uchun ko‘rsatilgan vaqtda Toshkent sh. Islom karimov ko‘chasi 49-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binosiga pasport yoki ID-karta asli bilan yetib kelishi lozim.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
www.facebook.com/ProsecutorAcademy
www.instagram.com/proacademyuz/
https://t.me/TheLawEnforcementAcademy orqali muntazam yoritib boriladi.