O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami nashr etildi.
To‘plamda yuridik fanda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik sohasidagi yangiliklar, o‘zgarishlar va innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy-amaliy tajriba, fikr almashinuvlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, jamoatchilikka ilmiy salohiyatga ega, kreativ yondashuvga ega bo‘lgan yuridik fanlar sohasidagi ilgari surilgan zamonaviy g‘oya va takliflar yoritib berilgan.
To‘plam fan va ta’lim sohasini boshqarishga vakolatli davlat organlari, yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq mutasaddi tashkilotlar xodimlari, huquqshunoslik yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar hamda ushbu masalalarga qiziquvchi mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.