Akademiyada o‘qitishning zamonaviy shakllari, pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilarda bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib boriladi.
Mazkur faoliyat doirasida, shuningdek tajriba almashish maqsadida Prokurorlik faoliyati va prokuror nazorati kafedrasi tomonidan “Prokuratura organlarining xalqaro va idoralararo hamkorligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir doirasida asosiy e’tibor prokuratura organlarining bugungi kundagi xalqaro va idoralararo hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan ekstraditsiya va o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi qonunchilik mazmuni hamda uni qo‘llash bilan bog‘liq muhim masalalarga qaratildi.
Interfaol tarzda qizg‘in o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti mobaynida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olindi.