2018 yil 24 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida «Buyuk Kelajak» Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolanishiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o'qituvchilar tarkibi, tinglovchilar va «Buyuk Kelajak» XNNT rahbariyati hamda vakillari ishtirok etdilar.
«Buyuk Kelajak» XNNT ekspertlar kengashi bilan hamkorlikning o'rnatilishi, «Buyuk Kelajak» XNNT ekspertlarini Akademiya faoliyatiga jalb qilish yo'li bilan Bosh prokuratura Akademiyasining ilmiy-ta'limiy salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Tadbir davomida konstruktiv muloqot amalga oshirilib, unda tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va birgalikda amalga oshiriladigan ishlar sohalarini belgilab oldilar.