Joriy yilning 30 avgust kuni mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar uchun “Fan soati” doirasida Akademiya tayanch doktoranti M.Xasanovning “Mehnat organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish masalalari” mavzusidagi dissertatsiya ishi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh prokuror o‘rinbosari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i v.v.b., 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi S.I.Samadov, Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko o‘rinbosari M.M.Mamasiddiqov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti vakillari va boshqa ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Akademiya tayanch doktoranti M.Xasanov tomonidan mehnat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalari, unda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish, mehnat qonunchiligida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish va unga qarshi kurashish yuzasidan taklif va tavsiyalari taqdimot qilindi.
Taqdimot yakunida mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar o‘zlari tomonidan qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda tadbir mehmonlari tomonidan tadqiqotchilarga ilmiy faoliyatni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.