MDHga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ijrochi kotibining Akademiyaga tashrifi

MDHga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ijrochi kotibining Akademiyaga tashrifi

 

MDH a’zo davlatlari Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ijrochi kotibi V.P.Ziminning O‘zbekistonda bo‘lishi davomida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida V.P.Zimin Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Konstruktiv ruhda o‘tkazilgan tadbirda tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olishdi.