Riga huquq maktabi va GIZ bilan loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokamasi

Riga huquq maktabi va GIZ bilan loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokamasi

 

Akademiyada Riga huquq maktabi (Latviya) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar va rejalar, shu jumladan, samarali boshqaruv va qonun ustuvorligini ta’minlash sohasida barqaror rivojlanish bo‘yicha belgilangan milliy maqsad va vazifalarga erishish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida xorijiy mexmonlar Akademiyaning yangi o‘quv binosi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.