O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari belgilanadi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2024/2025 o‘quv yilidagi to‘lov-kontrakt qiymatlari quyidagicha:
Bakalavriat:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati (stipendiyasiz) 16 080 000 so‘m;
- sirtqi ta’lim shakli (shu jumladan, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim) uchun bir yillik o‘qitish qiymati 14 572 500 so‘m;
Magistratura kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati (stipendiyasiz) 18 291 000 so‘m.