Prokuratura tergovchilari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda

Prokuratura tergovchilari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tuman (shahar) prokuraturalari tergovchilari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) bo‘limlarining tezkor xodimlari uchun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursining masfaviy qismi davom etmoqda.

Malaka oshirish kursi davomiyligi 144 soatdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim hamda yakuniy bosqich Akademiyada kunduzgi ta’lim shaklida tashkil etilgan.

Kurs dasturidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning halqaro va milliy tizimi, ushbu jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish, noqonuniy daromadlarni aniqlash bo‘yicha moliyaviy tergov olib borish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida idoraviy hamkorlikni o‘rnatish, noqonuniy daromadlarni aniqlash hamda musodara qilinishini ta’milashda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan.