Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining 2024/2025 o‘quv yilida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Akademiya bakalavriatining 2024/2025 o‘quv yilida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan nomzodlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Akademiyada belgilangan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda belgilangan:
1."60420100 – Yurisprudensiya (Tergov faoliyati)" yo‘nalishi bo‘yicha:
2,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
2.11 balldan 4,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 2,0 barobari;
4,11 balldan 6,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 2,5 barobari;
6.11 balldan 8,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 3,0 barobari;
8.11 balldan ortiq yetmagan va 116,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nomzodlar uchun – bazaviy kontrakt mikdorining 20 barobari;
116,7 balldan kam ball to‘plagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdori 20 barobarining ikki karrasi.
2. "60420100 – Yurisprudensiya (Prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishi (kunduzgi) bo‘yicha:
1,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 3,0 barobari;
4,06 balldan ortiq yetmagan va 56,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nomzodlar uchun – bazaviy kontrakt miqdorining 20 barobari;
56,7 balldan kam ball to‘plagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdori 20 barobarining ikki karrasi.
3. "60420100 – Yurisprudensiya (Prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishi (sirtqi) bo‘yicha:
1,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari;
4,06 balldan ortiq yetmagan va 56,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plaganlar uchun – bazaviy kontrakt miqdorining 20 barobari;
56,7 balldan kam ball to‘plaganlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdori 20 barobarining ikki karrasi.
4. "60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishi (sirtqi) – ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha:
3,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 3 barobari;
3,11 balldan 6,2 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 4,5 barobari;
6,21 balldan 9,3 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 6 barobari;
9,31 balldan ortiq yetmagan va 27,9 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plaganlar uchun – bazaviy kontrakt miqdorining 12 barobari;
27,9 balldan kam ball to‘plaganlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdori 12 barobarining ikki karrasi.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlar Akademiyada (manzil: Toshkent shahar, Rixsiliy 9) soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Murojaatda abituriyent F.I.Sh., hujjat topshirgan yo‘nalishi (Tergov faoliyati (harbiylashtirilgan/harbiylashtirilmagan; prokurorlik faoliyati, ikkinchi ta’lim), ta’lim shakli (kunduzgi/sirtqi), to‘plagan ball va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlarni qabul qilishning oxirgi muddati joriy yilning 10 oktyabr etib belgilangan.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
www.facebook.com/ProsecutorAcademy
www.instagram.com/proacademyuz/
https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.