Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid uslubiy materiallar tayyorlandi

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid uslubiy materiallar tayyorlandi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining e’tiboriga yetkazish maqsadida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalalarini qamrab olgan uslubiy materiallar ishlab chiqildi.

Jumladan, davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar hamda illustrativ tarqatma materiallar tayyorlanib, xizmat faoliyatida foydalanish uchun davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun elektron tarzda yetkazildi.