Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Xizmat ko‘rsatish sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Aralash shaklda o‘tkazilgan seminarda Agentlik va uning tizim tashkilotlaridan jami 745 nafar xodimlar qatnashdi.

Tadbir Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan olib borilib, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha choralar, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik yuzasidan ma’ruza qilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.