Akademiya vakillari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo'jaligi va davlat xizmati akademiyasi filiali – Sibir` boshqaruv instituti tomonidan tashkil etilgan “Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari, O'zbekiston va Tojikiston respublikalarida inqirozga qarshi iqtisodiy choralar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiyada ishtirok etdi.
Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari, O'zbekiston va Tojikiston respublikalarining ilmiy-ta'lim muassasalari, davlat organlari va biznesning 90 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Konferentsiyada salbiy iqtisodiy jarayonlarga qarshi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, KOVID-19 pandemiyasi sharoitida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Tojikiston, 'zbekiston, Qirg'iziston va Rossiya Federatsiyasida amalga oshirilayotgan choralar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilarga qonunchilikni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish bo'yicha fikr almashish imkonini berdi.