Qozog‘iston Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi vakillari bilan uchrashuv

Qozog‘iston Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi vakillari bilan uchrashuv

 

Akademiyada Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi prorektori – Idoralararo ilmiy-tadqiqot instituti direktori G.Shushikova boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ikkala Akademiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Qozog‘iston prokuraturasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tegishli idoralarning faoliyati” mavzusidagi o‘quv kursi doirasida tashkil etildi.

Tadbirda tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga, qo‘shma loyiha va tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.

Shuningdek, tashrif davomida xorijiy mexmonlar Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, Akademiyaning yangi o‘quv binosi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.Ф