O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Akademiya tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari uchun grafik asosida masofaviy o‘quv kurslari olib borilmoqda.
Jumladan, Akademiyaning edu.proacademy.uz elektron o‘quv platformasi orqali 120 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari “Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy o‘quv kursida malaka oshirishi rejalashtirilgan.
Hozirda Markaziy bank hamda uning hududiy boshqarmalarining 2000 nafardan ortiq xodimlari uchun tashkil etilgan masofaviy kurs o‘z yakuniga yetdi. Markaziy bankning 97 foiz xodimlari kursni muvaffaqiyatli tamomlab, ularga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.