O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Prokurorning yozma nutqi va notiqlik san’ati” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Malaka oshirish kursi dasturidan utqning prokuror nutqning mazmuni va tuzilishi, mantiqiy asosi, texnikasi, vositalari, omillari, qoidalari, bunda argumentlarni qo‘llash, prokuror nutqida yozma nutq savodxonligi va madaniyati, boshqa ko‘plab mavzular o‘rin olgan.
Malaka oshirish kursida ham onlayn ham offlayn tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kursning asosiy maqsadi bugungi kunda prokurorlik sohasida faoliyat yurituvchi soha vakillarida yuridik va adabiy til me’yorlarini rivojlantirish, lug‘aviy va uslubiy jihatlarini tadbiq etish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va ish faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan.
Mazkur kurs zamon talablariga mos kadrlarni tayyorlashga, ma’muriy-xuquqiy sohada kasbiy va shaxslararo muomala madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirishga xuquqiy vaziyatlarga muvofiq kasb nutqidan ongli foydalanish malakalarini takomilashtirishga xizmat qiladi.