Mustaqil izlanuvchilikka onlayn tanlov

Mustaqil izlanuvchilikka onlayn tanlov

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 2020 yilning 20 may kuni 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq; 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta'minot huquqi; 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. 
Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura ixtisosliklari bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo'yicha navbatdagi tanlov o'tkazildi.

Pandemiya sababli avvalgi saralashlardan farqli o'laroq, ilk marotaba talabgorlar bilan onlayn tarzda suhbat o'tkazildi.

Unda Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabining yetakchi olimlari, xususan, yuridik fanlar doktorlari B.X.Po'latov, F.X.Raximov, M.M.Mamasiddiqov, K.O.Sindorov, SH.A.Ismoilov va S.B.Xolbaevlar ishtirok etdi.

Suhbatda komissiya a'zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo'yicha ko'nikmalari, tadqiqot 
mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi.

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.