Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida yosholim va izlanuvchilar ishtirokida “Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar!” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Anjuman mamlakatda qonun ustuvorligi hamda jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga doir qonunchilik va amaliyot tahlili asosida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida yangicha ilmiy yondashuvlarni shakllantirishga yo‘naltirildi.
Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.A.Komilov, akademiya kafedra boshlig‘i A.B.Komilov va katta o‘qituvchisi G.M.Tairova, Akademiya doktoranti U.Abduolimov, Akademiya magistraturasi tinglovchilari I.Yo‘ldoshev, F.Toshpo‘latova va S.Ibodullayev o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud muammolar yuzasidan fikr almashib, ularning yechimiga doir takliflarni ilgari surishdi.