Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha malaka oshirish kurslari davom etmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini jamoatchilik orasida keng tushuntirish va xabardor qilishga qaratilgan faoliyat doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish” mavzusida malaka oshirish kursi ishlab chiqildi va joriy etildi.

Malaka oshirish kursi Akademiyaning axborot-ta’lim portali imkoniyatlarini qo‘llagan holda masofaviy shaklda tashkil etildi. Kurs bilan 43 000 nafarga yaqin davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan iborat tinglovchilar auditoriyasi qamrab olingan.

Joylarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida o‘qish tartibi hamda elektron platforma imkoniyatlarini tushuntirish bo‘yicha seminar mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Navbatda seminar Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari uchun tashkil etildi.

Interaktiv jarayonda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, shuningdek zarur ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida elektron platforma imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar.