23 oktyabr kuni Turkiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Tomonlar ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari malakasini oshirish va o'qitish sohasida hamkorlikni nazarda tutadigan hukumatlararo bitimni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Turkiya Respublikasi IIV Jandarma polkovnigi M.Jenibay va elchixonaning Turkiya Respublikasi ichki ishlari bo'yicha maslahatchisi N.Bil ishtirok etishdi.
Turkiyadagi hamkasblar Turkiyadagi tegishli ta'lim muassasalari, shuningdek, Turkiyaning prokuratura organlari faoliyati va ularning odil sudlov tizimidagi o'rni haqida ma'lumot berishdi.
Prokuratura organlarini takomillashtirishda xalqaro tajribani o'rganish, eng yaxshi amaliyotlarni almashish mexanizmlarini yo'lga qo'yish muhimligi ta'kidlandi.
Konstruktiv muloqot chog'ida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar.