Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv

Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi general-leytenant Semix Okyar bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida mehmon Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Uchrashuvda tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga, qo‘shma loyiha va tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.