Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tizimli tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida “Ajdodlar qahramonligi – yoshlarga ibrat” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir huquqni muhofaza qilish sohasida yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, tadbir davomida Buyuk ajdodlarimizning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qatag‘on xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi B.Irzayev mustaqillik uchun kurashgan jadidlarning ibratli hayoti va faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti professori F.Muhiddinova “Yangi O‘zbekistonda ajdodlar xotirasi va ularning ma’naviy merosiga e’tibor” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish bilan bir qatorda ularda buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.