Manfaatlar to‘qnashuviga oid qonunchilik bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi

Manfaatlar to‘qnashuviga oid qonunchilik bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi

 

Akademiya tomonidan Xalq banki ATB tizimi xodimlar uchun korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik sohasida huquqiy savodxonligini oshirish qaratilgan navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Aralash tarzda o‘tkazilgan seminarda Xalq banki ATB markaziy mahkamasi va hududiy filiallaridan jami 4000 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdi.

O‘quv seminari Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori T.Safarov tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga yangi qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, davlat xizmatchilariga o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, ularni buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqidagi qoidalarni tushuntirilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumot berildi.