Manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligi bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari

Manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligi bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari

 

Akademiya tomonidan Toshkent arxitektura va qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

Universitetning 100 nafardan ortiq xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan tadbirda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurorlari T.Safarov va B. Bahrombekov ma’ruza va taqdimot bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzachilar ishtirokchilarga yangi qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, xizmatchilarga o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, ularni buzganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqidagi qoidalarni tushuntirib, ishtirokchilarning barcha savollariga javob berishdi.