Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati topshirig‘iga asosan joriy yilning oktyabr oyi Yongin xavfsizligini ta’minlash oyligi etib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Akademiyada 2024 yil 7 oktyabr kuni Akademiya talabalari, shu jemladan 1-sonli yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida yong‘in xavfsizligi qoidalari, talab va me’yorlarini tushintirish, yong‘in chiqqan vaziyatda ko‘riladigan choralar va harakatlar bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar yong‘in xavfsizligi qoidalari va talablari bilan to‘liq tanishtirildi. Shuningdek, talabalarga yong‘in chiqqan vaziyatda talaba tomonidan qanday choralar ko‘rilishi va harakatlanishi zarurligi amaliy va aniq misollar yordamida batafsil tushintirilib, ularda bu borada ko‘nikmalar shakllantirildi.
Bundan tashqari, yotoqxonaning har bir xonasi kesimida bir nafardan talaba tanlab olinib, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xona mas’uli etib belgilandi.
Hozirda Akademiyada yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar davom ettirilmoqda.