25 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning qiynoq va boshqa shavqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazolarga qarshi Konvensiyasini implementatsiyasi bo'yicha O'zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyotga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi va BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.
Seminar davomida Daniya institutining eksperti I.Pus ushbu xalqaro hujjatning ahamiyati haqida taqdimot qilib, Konvensiya va uning Fakultativ bayonnomasi qoidalarini amalga oshirishni xorij tajribasi bilan tanishtirdi.
Ishtirokchilar qiynoq va boshqa shavqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazolashning oldini olish va ularni bartaraf etishda O'zbekistonning aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish tajribasi bilan almashdilar. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq, noqonuniy usullardan olingan dalillardan foydalanishga yo'l qo'yilmasligini ta'minlovchi muayyan mexanizmlar nazarda tutilganligi ta'kidlandi.