Prokuratura organlari xodimlari ishtirokida she’rxonlik tanlovi o‘tkazildi

Prokuratura organlari xodimlari ishtirokida she’rxonlik tanlovi o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlari faoliyatida davlat tilidan to‘g‘ri va to‘liq foydalanishni ta’minlash, davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning nutq madaniyatini yuksaltirish hamda davlat tilida ish yuritishga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Tilga e’tibor – elga e’tibor” tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov bir necha yo‘nalish va bosqichlarda tashkil etilgan.

Xususan, she’rxonlik tanlovi doirasida ishtirokchilar Vatan, o‘zbek tili, kasb va boshqa mavzularda o‘zlari tanlagan yoki mualliflik she’rlarni tanlov hay’ati a’zolari huzurida o‘qib eshittirdilar. Hay’at a’zolari nomzodlarning she’rxonlik mahoratlari va bilimlarini belgilangan mezonlar asosida baholadilar.

Tanlov yuqori saviyada, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Natijada, hay’at a’zolari tomonidan uch nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etildi.