Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy mahkamasi xodimlari ishtirokida “Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori T.Safarov tomonidan ishtirokchilarga yangi qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, xodimlar uchun o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, ushbu qonunchilikni buzganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida taqdimot qilinib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga tushuntirishlar berildi.