Аmaliy binar mahorat darslariga start berildi

Аmaliy binar mahorat darslariga start berildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalarining kasbiy va jismoniy tayyorgarligi boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining amaliyotchi xodim va harbiy xizmatchi mutaxassislari bilan hamkorlikda mashgʼulotlar tashkilashtirish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiyaning Toshkent mintaqaviy oʼquv markazi harbiy xizmatchisi podpolkovnik Umurzakov Ilxom Islomovich ishtirokida 1-bosqich talabalari bilan “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” moduli doirasida “Otish tayyorgarligi” fani boʼyicha amaliy master-klass mashgʼulotlari oʼtkazildi.

Mashgʼulotlar mobaynida talabalar “Oʼqotar qurollardan otish qoidalari” mavzusi doirasida oʼq otishning vazifasi, uning bajarish ketma-ketligi, oʼq uzishning mohiyati, usullari va turlari, har qanday ogʼir sharoitlarda hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata oʼq otish qoidalari boʼyicha bilim va amaliy koʼnikmalarga ega boʼlishdilar.

Mutaxasis tomonidan talabalarga otish asoslari va qoidalari hamda shular kabi boshqa ularni qiziqtirgan savollar bafurja tushuntirib berildi.