JJahon bankining Halollik bo‘yicha vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

JJahon bankining Halollik bo‘yicha vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Jahon bankining Halollik vitse-prezidentligi delegatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Jahon bankining Halollik vitse-prezidentligi delegatsiyasi vakillari Akademiya rahbariyati bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining malakasini oshirishda hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng, Halollik vitse-prezidentligi vakillari Akademiyada malaka oshirayotgan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari uchun “Jahon banki loyihalarida korrupsiya tergovini olib borish” mavzusidagi taqdimot o‘tkazishdi.