O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining talabalar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining talabalar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

 

Yoshlarga qaratiladigan bugungi e’tibor kelajakka qo‘yilgan mustahkam qadamdir. Bugun mamlakatimizda yoshlarning puxta ilm olishi, fan va texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanishlari uchun barcha sharoit muhayyo etilgan. Ayni maqsadda bo‘lajak qonun himoyachilarining kelajak rejalari va taklif-mulohazalarini o‘rganish maqsadida Akademiya boshlig‘i talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda talabalarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha IV Xalqaro olimpiada g‘oliblari, reyting ko‘rsatgichlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etganlar, sport musobaqalari g‘oliblari Akademiya rahbariyati tomonidan muyenosib taqdirlandilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning fikr va mulohazalari hamda takliflari eshitilib, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.