“Jinoiy daromadlarni legallashtirish va aktivlarni qaytarishda asosiy tergov harakatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi

“Jinoiy daromadlarni legallashtirish va aktivlarni qaytarishda asosiy tergov harakatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hamda AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosining (INL) Toshkentdagi bo‘limi bilan hamkorlikda “Jinoiy daromadlarni legallashtirish va aktivlarni qaytarishda asosiy tergov harakatlari: tintuv, so‘roq qilish, hibsga olish va konfiskatsiya” mavzusida Toshkentda milliy trenerlar uchun hududiy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari, xavfsizlik organlari va korrupsiyaga qarshi kurash idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Seminar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va undirish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha qidiruv, so‘roq qilish, hibsga olish va musodara qilish kabi asosiy tergov harakatlariga, jumladan, ularni rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirish xususiyatlariga bag‘ishlangan.

Tadbir davomida jinoiy daromadlarni legallashtirish va aktivlarni qaytarish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha ta’minlovchi choralar va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur seminar yakunlari bo‘yicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni tergov qilish va aktivlarni qaytarish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, ishtirokchilar ularni o‘z faoliyatida qo‘llashi va hamkasblari va boshqa bo‘linmalar xodimlari o‘rtasida tajriba almashishi imkonini beradi.