O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi o'rtasidagi hamkorlik doirasida 2020 yil 22 may kuni “Ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovida ishtirok etishning dolzarb vazifalari, mkoniyatlar va istiqbolli yo'nalishlar” mavzusida videokonferentsiya bo'lib o'tdi.
Onlayn tarzda o'tkazilgan ushbu konferentsiya ishida Akademiya professor-o'qituvchilari, ilmiy loyiha rahbar va ishtirokchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bosh ilmiy kotibi, filologiya fanlari doktori, professor N.Mamadalieva tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishga qo'yiladigan umumiy talablar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o'tib, ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ushbu mazmunli mahorat darsini tashkillashtirishda yaqindan hamkorlik qilgan O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.