Akademiya talabalari va xodimlari Toshkent shahrida tashkil etilgan plogging marafonida faol ishtirok etdilar. Mazkur ekologik harakat Yakkasaroy va Mirobod tumanlarini qamrab olgan yo‘nalish bo‘ylab o‘tkazildi va unda 5 km dan ortiq masofadagi hudud chiqindidan tozalandi.
Plogging – sport bilan shug‘ullanish va atrof-muhitni tozalashni birlashtirgan jahon miqyosida keng tarqalgan harakat bo‘lib, mazkur marafon orqali talabalar va xodimlar nafaqat o‘z sog‘liklarini mustahkamladilar, balki shahar ko‘chalarini toza saqlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Marafon davomida barchaga xush kayfiyat ulanib, muhitni toza saqlash qanchalik muhim ekanligi yana bir bor yodga solindi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Akademiya mazkur ekologik harakatda ishtirok etgani orqali o‘zining tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini yana bir bor namoyon qildi. Plogging kabi aksiyalar Akademiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.