Lund universiteti professori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Lund universiteti professori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Akademiyaga Lund universitetining (Shvetsiya) professori Patrik Olssonning navbatdagi tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Lund universitetining huquq sotsiologiyasi departamenti vakili, Akademiyaning ishonchli hamkori Akademiyaning yangi binosi va o‘quv infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Uchrashuv davomida Akademiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu jumladan, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va Akademiyaning ilmiy-o‘quv salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.