2018 yil 26 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Law Talks” diskussiya klubining yig'ilishi tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahridagi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlarning sud`yalari, Oliy Majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti, Yoshlar ittifoqi, TDYU vakillari, shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Yig'ilishda “Региональный диалог” XNNT eksperti G.Ueddl, Shvetsiyaning Lund universiteti professori P.Olsson va Xelsinki universiteti dotsenti, “Buyuk kelajak” XNNT eksperti R.O'rinboevlar xalqaro ekspert sifatida qatnashdilar.
Tadbir ishtirokchilari norasmiy doirada samarali tashkiliy-huquqiy choralarni qo'llash orqali firibgarlik darajasini pasaytirish yo'llarini muhokama qildilar, firibgarlik turlari va unga sabab bo'luvchi asosiy omillar, mazkur jinoyatni sodir qilish holatlarining ko'payish tendensiyalarini ko'rib chiqdilar. Bu borada AQSH va Shvetsiya tajribalari ekspertlar tomonidan taqdim etildi.
Diskussiya klubining navbatdagi yig'ilishi joriy yilning 30 noyabrida “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mulklarini deklaratsiya qilish mexanizmini joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o'tkazilishi rejalashtirildi.